Huawei 1
Reuters: Eron Rossiyaga ballistik raketa yetkazib berayotgani uchun Yevropa ittifoqi sanksiyalar joriy qiladi

Yevropa Ittifoqi yaqin orada Eronning ballistik raketalarni Rossiyaga topshirishi bilan bog‘liq shaxslar va tashkilotlarga nisbatan sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda yevropalik ikki diplomat va YIning yuqori martabali amaldori ma’lum qildi, deb yozadi Reuters.

Diplomatlardan biri Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari raketalarni yetkazishda yordam bergan 14 nafar shaxs va tashkilotga, jumladan, aviakompaniyalar va boshqa kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar joriy etishini aytdi.

Shu bilan birga, yevropalik rasmiylar ular qanday kompaniyalar yoki shaxslar ekanligini aytishmadi. Avvalroq Iran Air milliy aviakompaniyasiga nisbatan cheklovlar qo‘llanilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

O‘z navbatida, YI vakillari Yevropa davlatlari o‘rtasida Eronning qudratli harbiy kuchi – Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga qarshi sanksiyalar qo‘llash yoki qo‘llamaslik borasida kelishmovchiliklar davom etayotganini ta’kidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101221 | Инструменты