Huawei 1
Hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

O‘zgidromet 14-16 oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, Ustyurtda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 14-15 oktyabrda 10-15 daraja, 16 oktyabrda 12-17 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 oktyabrda kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. 15 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14 oktyabrda 5-10 daraja, 15-16 oktyabrda 3-8 daraja iliq, kunduzi 14-15 oktyabrda 13-18 daraja; 16 oktyabrda 15-20 daraja; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 14-15 oktyabrda 10-15 daraja iliq, 16 oktyabrda 12-17 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14-15 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-20 daraja; 15 oktyabrda kechasi 6-11 daraja, kunduzi 13-18 daraja; 16 oktyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 14-15 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 16 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja; 15 oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja, 16 oktyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi  18-23 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 va 16 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-15 daraja; 15 oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja, 16 oktyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja; 15 oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja, 16 oktyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 14-15 oktyabrda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 va 16 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 oktyabrda kechasi va kunduzi 5-10 daraja, 15 oktyabrda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq, 16 oktyabrda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101221 | Инструменты