Huawei 1
Rossiya bug‘doy eksporti uchun minimal narxni belgiladi

Rossiya hukumati bug‘doy eksporti uchun minimal narxni belgiladi, deb xabar bermoqda Reuters. Unga ko‘ra, 11 oktyabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan yopiq yig‘ilishda Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi eksportchilarni chet ellik xaridorlardan bug‘doyning bir tonnasi uchun kamida 250 dollar (230 yevro) haq undirishga «chaqirdi», deb yozadi Reuters agentligiga ikki manbaga tayanib. Ulardan biriga ko‘ra, idora ushbu tavsiyalarga rioya qilish uchun bir hafta muddatni belgilab berdi.

Reuters xabariga ko‘ra, Rossiya don eksportchilari assotsiatsiyasi yig‘ilishdan so‘ng vazirlik eksportchilarga vositachilardan qochish va xaridorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishni topshirganini ham ma’lum qildi. Rossiyalik treyderlardan biri agentlikka ma’lum qilishicha, hukumatning yangi ko‘rsatmalari munosabati bilan eksportchilar endi ilgari vositachilar zimmasiga olgan tavakkalchiliklarni o‘z zimmalariga olishlari kerak bo‘ladi. Biroq, eksportchilarda hozirda xavflarni kamaytirish uchun yetarli mexanizmlar mavjud emas.

Tegishli vazirlikning fikriga ko‘ra, deya qayd etadi Reuters, yangi minimal narx chegarasi so‘nggi haftalarda Rossiyada kuzatilgan yirik eksport hajmini kamaytirishga qaratilgan. «Buning zaruriy sharti, shuningdek, so‘nggi oylarda iqtisodiyoti Ukrainaga qarshi urushga tobora ko‘proq yo‘naltirilgan mamlakatda inflatsiyaning qariyb to‘qqiz foizni tashkil etishidir», — deyiladi agentlik bayonotida.

Rossiya joriy yilda 60 mln tonna g‘alla eksport qilishni rejalashtirmoqda

Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Oksana Lut g‘alla eksporti bo‘yicha avvalroq qilingan 60 million tonnalik prognozni tasdiqladi. 

«132 million tonna g‘alla yig‘im-terimi prognoziga asoslanib, biz joriy mavsumda 60 million tonna eksport prognozini belgilab oldik», dedi Lut.

«O‘tgan mavsumda bizda 72 million tonna g‘alla tasdiqlangan. Biz hisob-kitobni kutmoqdamiz, ammo 72 million tonna albatta bo‘ladi», — dedi u. 

Shu bilan birga, jurnalistlarning joriy qishloq xo‘jaligi yilida bug‘doy eksporti prognozi haqidagi savoliga javob berar ekan, Lut bu hali aniqlanmaganini aytdi. 

«Bug‘doy bo‘yicha yakuniy prognozlar yo‘q, hosil ko‘rsatkichlari pastga qarab o‘zgarishi mumkin. Qancha yig‘ib-terib olishimizni tushunganimizda, kelgusi yil eksport uchun qo‘yadigan kvotalar orqali deltani maqbul holga keltiramiz» dedi Lut. U ustuvor vazifa ichki ehtiyojlarni qondirish ekanligini ta’kidladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101219 | Инструменты