Huawei 1
12-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Sergelida omborxona portlashi: 4 nafar sudlanuvchi 5 yilga qamaldi

Ozodlikdan mahrum qilinganlardan biri “INTERLOGISTICS” MCHJ QK direktori bo‘lib ishlagan. Bundan tashqari, yana biri asli Rossiya fuqarosi bo‘lgan shaxs koxonada qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i, shuningdek, yana 2 nafar sudlanuvchidan biri “POLYCHEM” MCHJ direktori va ombor mudiri sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Shavkat Mirziyoyev “Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi” esdalik medali bilan taqdirlandi

Esdalik medalini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tantanali ravishda topshirdi.

Hyundai Rotem O‘zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Transport vazirligida bu borada muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Futzal: O‘zbekiston FIFA reytingida pastladi

Xalqaro futbol federatsiyasining yangilangan futzal terma jamoalari reytingida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 pog‘ona pastladi. Yangi reytingda o‘zbekistonlik futzalchilar 21-o‘rinni band etdi.

Messi kuzatgan o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston U-20 Argentina U-20ga mag‘lub bo‘ldi

Lionel Messi o‘yindan keyin terma jamoamiz futbolchilari bilan esdalik uchun suratga tushgan.

Toshkent shahrida yangi turdagi avtobus bekatlari o‘rnatiladi

Ularda zamonaviy multimedia tizimlari va tezkor chaqiruv tugmalari mavjud bo‘ladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi: Toshkent viloyatida jami aholining 10,2 foizini kambag‘al oilalar tashkil etgan

Viloyatda aholining 10,2 foizini kambag‘al oilalar tashkil etgan bo‘lsa, yil yakunida 7 foizga tushishi kutilmoqda.

Toshkentda o‘z uyida narkotiklarni saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston “Forish” poligonida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Ularni O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtablari boshliqlari general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov va Qozog‘iston general-leytenanti Sulton Kamaletdinov kuzatib bordi.

O'zbekiston va Vengriya saraton kasalligini davolash sohasida hamkorlik qiladi

O'zbekistonlik onkologlarning Vengriyada qisqa muddatli amaliyot o'tashini tashkil etish, shuningdek, onkologiya sohasida ikki tomonlama ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalar o'tkazish hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari etib belgilandi.

Toshkent viloyatida IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yangi boshliq tayinlandi

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan polkovnik Aziz Sadirov masʼullar hamda xodimlarga tanishtirildi.

Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi aholini uy bilan taʼminlash taklif etilmoqda

“Davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash orqali tadbirkorlarga imkoniyatlar yaratilyapti. Bunga qo‘shimcha nogironligi bor fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash reja qilingan. Shuningdek, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan aholini uy bilan taʼminlash rejaga kiritilgan”, — deydi Anvarxon Temirov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101219 | Инструменты