Huawei 1
Taras Shevchenkodagi gastronomik ko‘cha qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi

11-oktabr kuni Taras Shevchenkodagi “gastronomik” ko‘cha qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi, deya xabar bermoqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati.

Gastronomik ko‘cha bo‘ylab 6ta foto-zona barpo etilgan, 39ta kichik va 17ta katta torsherlar o‘rnatilgan, 1ta avtobus bekati qurilgan, 39ta videokuzatuv kameralari va yuzni tanish tizimlari, 20ta o‘rindiq va axlat qutilari o‘rnatilgan hamda Wi-Fi tarqatish tizimlari montaj qilingan.

Shuningdek, aholi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida qariyb 3000 kvadrat metr piyodalar yo‘li barpo etilib, qatnov yo‘lining asosiy qismi (2600 kvadrat metr) esa tabiiy granit toshdan terilgan.

Qayd etilishicha, loyihaning ikkinchi bosqich ishlari boshlanish arafasida. Bunda yashil zonalar ko‘lamini kengaytirish, landshaftli dizaynlar yaratish, terassalar qurish, zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatish kabi ishlar amalga oshirilishi belgilangan.

Gastronomik alleyada joylashgan tadbirkorlik subyektlari 24 soatlik ish rejimiga faoliyat yuritadi va yo‘lning o‘zi kechki soat 20:00 dan tonggi 06:00 gacha avtomobillar uchun yopiladi va piyodalar hududiga aylanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101219 | Инструменты