Huawei 1
AQShda radioaktiv yo‘l qurilishiga ruxsat berildi

AQShning Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA) Florida shtatida yo‘l qurilishi uchun radioaktiv radiy saqlovchi materialdan foydalanishni ma’qulladi, deb xabar berdi The Hill.

Iyun oyida Florida gubernatori Ron de Santis mintaqa transport departamentiga yo‘l qoplamalarini yotqizish loyihalarida fosfogipsdan foydalanish imkoniyatini o‘rganish majburiyatini yuklovchi qonunni imzolagandi.

Tabiatni muhofaza qilish guruhlari de Santisni qonun loyihasiga veto qo‘yishga chaqirib, radioaktiv modda suvning sifatini yomonlashtirishi va yo‘l qurilish brigadalari orasida saraton kasalligiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi ham qonunni qabul qilish jarayonida ovoz berish huquqiga ega.

Fosfat va kaliy o‘g‘itlari ishlab chiqaruvchi Amerika kimyo kompaniyasi Mosaic Fertilizer LLC EPA’dan fosfogips aralashmali uchta 200 futlik (har biri 61 metrlik) yo‘l qismini qurishga ruxsat so‘radi.

EPA o‘zining dastlabki xulosasida, kichik miqyosli pilot loyihani qurishda radiatsiyaning aholi salomatligiga bo‘lgan potensial xavfi fosfogipsni uyum holatda saqlashdagi xavfdan yuqori emasligini ma’lum qildi.

Fosfogips — fosforitdan o‘g‘itlar ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan qo‘shimcha mahsulot. Avval agentlik ushbu materialdan yo‘l qurilishida foydalanilishidan xavotir bildirgandi. EPA, xususan, fosfogips tarkibida radiy mavjudligini, u parchalanish jarayonida radon gazi hosil qilishini, har ikkala modda ham radioaktiv ekani va ular saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Biroq O‘g‘it instituti buyurtmasi asosida o‘tkazilgan tahlillar ko‘rsatishicha, yo‘l qurilishida fosfogipsdan foydalanish EPA tomonidan belgilangan ruxsat etilgan xavf chegarasidan ortiq radioaktiv nurlanish dozalarini keltirib chiqarmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101219 | Инструменты