Huawei 1
Golden Boy mukofotiga asosiy nomzodlar maʼlum bo‘ldi

Ispaniya terma jamoasi hamda “Barselona” yarimhimoyachisi Lamin Yamal Tuttosport nashri tomonidan Yevropada eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan Golden Boy mukofotiga nomzodlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda ko‘rsatildi.

Undan tashqari top-5ga “PSJ”dan Joau Nevesh va Uorren-Zair Emeri, "Manchester Yunayted"dan Alexandro Garnacho hamda “Barselona”dan Pau Kubarsi kiritildi. «Real Madrid»ning yangi yulduzi Endrik ro‘yxatda 23-qatordan joy oldi.

2023-yilda “Real” tarixida birinchi marta Jud Bellingem "Oltin bola"ga aylanib, Jamal Musiala (“Bavariya”), Florian Virs (“Bayer”) va Rasmus Xeylund ("Manchester Yunayted") kabi raqiblarini ortda qoldirgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101813 | Инструменты