Huawei 1
Lionel Messi bir musobaqadan tashqari o'zi o'ynagan barcha turnirlarda g'alaba qozondi

Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

35 yoshli hujumchi o‘zi ishtirok etgan turnirlarning faqat bittasida g‘alaba qozonmagan. Bu — Fransiya Kubogi. Messida ushbu musobaqada g‘olib bo‘lish uchun joriy mavsumda imkoniyat mavjud.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi 2003-yildan 2021-yilga qadar “Barselona” sharafini himoya qilgan, 2021-yil yozidan boshlab PSJ safida to‘p surib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, Parij klubi Chempionlar Ligasi nimchorak finalida “Bavariya”ga qarshi to'qnash keladi.

Mavzuga doir:

Peshqadam Mbappemi yoki Messi? Finaldan so'ng “Oltin to'p” mukofoti uchun da'vogarlar reytingi yangilandi

Jahon chempioniga aylangan Messi terma jamoadagi faoliyatini tugatadimi? Futbolchi javob berdi

“Bu — orzu uchun kurashganlarning kuchi. Biz uddaladik!” — Messi finaldan so'ng “Instagram”ga post joyladi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120419 | Инструменты