Huawei 1
Xavi “Barselona”ning qishda va yozda transferlar amalga oshirishi haqidagi savollarga javob berdi

Ispaniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi jamoaning qishgi va yozgi transferlar oynasida faol bo'lishini rad etmadi.

“Biz katta klubdamiz. Rivojlanish uchun tinimsiz ishlaymiz. Keyingi transferlar oynasigacha hali ancha vaqt bor. Hozir biz faqat bo'lajak o'yinlar haqida o'ylayapmiz, ammo klub tarkibni yanada kuchaytirish masalasi ustida ishlamoqda.

Voqealar qanday kechishini kuzatamiz, ammo kelajakda biz uchun muhim bo'lgan futbolchini sotib olish imkoniyatini hech qachon rad etmaymiz. Bizda sovrinlarni qo'lga kiritishga qodir tarkib bor. Kuchayish uchun klub moliyaviy tomondan juda jiddiy harakat qildi va bunga erishdi. Endi muvaffaqiyatga erishamizmi yoki yo'q, bunisi o'zimizga bog'liq”, — deydi Xavi.

Avvalroq, “Barselona”ning 3 nafar futbolchini qishda sotib yuborishi aniq bo'lgani haqida xabar bergan edik.

Mavzuga doir:

“Barselona” Xavi ishdan bo‘shatilgan taqdirda, uning o‘rniga kimni olib kelishi ma’lum bo‘ldi

Karim Benzema “Barselona”dan taklif bo‘lgani va faoliyatini qayerda yakunlashini aytdi

“Bavariya” yetakchisi jarohat tufayli safdan chiqib, “Barselona”ga qarshi o‘ynamaydigan bo‘ldi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102410 | Инструменты