Ispaniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi “Barselona” Chempionlar Ligasidan chiqib ketsa, Yevropa Ligasida gʻolib boʻlish uchun kurashishini aytdi.
“Biz bor kuchimiz bilan Chempionlar Ligasida qolishga harakat qilamiz, ammo bu butunlay bizga bogʻliq emas. Bu amalga oshmasa, Yevropa Ligasida gʻalaba qozonish uchun sherlardek kurashamiz. Xarakterimiz zaiflashmasligi kerak.
“El-klasiko”da (1:3) yutqazib qoʻyganimizdan soʻng “Vilyarreal” (3:0) va “Atletik” (4:0) kabi ikki kuchli raqibga qarshi yaxshi harakat qildik. Pley-offga chiqa olmasak, oʻzimizga boʻlgan ishonchni yoʻqotmasligimiz kerak. Raqobat qila olishimizni “Bavariya” kabi jamoalar bilan bahsda koʻrsatishimiz kerak”, — deydi Xavi.
Eslatib oʻtamiz, “Barselona” Yevropa Ligasiga tushib ketishga yaqin turibdi. “Inter” 5-turda “Viktoriya Plzen”ni magʻlub etsa, kataloniyaliklar keyingi bosqich yoʻllanmasi bilan rasman xayrlashadi.
Avvalroq, “Barselona” Xavini ishdan boʻshatgan taqdirda, uning oʻrniga kimni murabbiylikka olib kelishi haqida xabar bergan edik.
Mavzuga doir:
Xavi “Barselona”ning qishda va yozda transferlar amalga oshirishi haqidagi savollarga javob berdi
“Liverpul” qishda “Barselona” futbolchisini sotib olmoqchi. Unga MYU va “Chelsi” ham da'vogar
Alpha version: 0.9.1.19 build 10601 | Инструменты