“Men uning qolishini xohlayman!”, — Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Desham haqida
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bosh murabbiy Didye Deshamni terma jamoani tark etmaslikka chaqirdi.
“Albatta, men Deshamdan qolishini soʻradim. Uning qolishini xohlayman! Unga yaxshilab oʻylab koʻring, dedim”, — deydi davlat rahbari.
Ma’lumot uchun, 54 yoshli murabbiyning shartnomasi dekabr oyi oxirigacha tuzilgan. Fransiya futbol federatsiyasi rahbariyati yanvar oyida yangi bitim tuzish masalasini muhokama qilmoqchi.
Mavzuga doir:
Benzema Fransiya terma jamoasi safini tark etishiga jarohat emas, boshqa narsa sabab bo'lgan
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron JCh-2022 finaliga 3 nafar futbolchining kelishini xohlamoqda
Alpha version: 0.9.1.19 build 112607 | Инструменты