Messi o'zi harakat qilgan faqat birgina musobaqada g'olib bo'lolmayapti. Qolgan barcha musobaqalarda u g'oliblikni kamida 1 marotaba qo'lga kiritgan
Fransiyaning PSJ klubi Fransiya Kubogi nimchorak finalida “Marsel”ga imkoniyatni boy berib (1:2), musobaqa bilan xayrlashdi.
Parijliklar ketma-ket ikkinchi mavsum kubokni erta tark etmoqda. 2022-yilda ham jamoa “Nitsa”ga qarshi bahsda penaltilar seriyasida yutqazib, nimchorak finalda o‘z yurishini to‘xtatgandi. Bunga qadar PSJ 2015-21-yillarda ketma-ket yetti mavsum finalda o‘ynagan. Bu oraliqda jamoa olti marta kubokni qo‘lga kiritgan va bir marta yutqazgan.
Ahamiyatlisi, Lionel Messi PSJ safida Fransiya Kubogi doirasida o‘tgan ikkinchi o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi. O‘tgan mavsumdagi “Nitsa”ga qarshi bahsda ham Messi maydonga tushgandi. Argentinalik futbolchi bu turnirda 10-raqam ostida harakat qilmoqda.
Messi o'zi harakat qilgan barcha musobaqalarda g'oliblikni kamida 1 marotaba qo'lga kiritgan, faqat Fransiya Kubogidan tashqari. Shu kubokni ham qo'lga kiritgan taqdirda Messida egallanmagan boshqa cho'qqi qolmaydi.
Mavzuga doir:
Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi nomi e’lon qilindi. Bu Messimi?
Messi uni Jahon chempionati kubogi bilan uxlashga qaysi jamoadoshi undaganini aytdi
Alpha version: 0.9.1.19 build 112606 | Инструменты