Huawei 1
O‘zbekiston chorak finalda yurishini to‘xtatdi

Italiyada davom etayotgan “Kings League” turniri doirasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan “Anvonted Boys” jamoasi chorak final bosqichida Kolumbiyaga 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘zbekiston media futbol terma jamoasi ushbu o‘yinni boy berib, chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatdi. Bungacha Saudiya Arabistoni va Peruni mag‘lub etib, ushbu bosqichgacha yetib kelgan O‘zbekiston vakillari kolumbiyalik raqiblariga yutqazib, turnirni tark etdi. Shunga qaramay, O‘zbekiston media futbol jamoasi turnirdagi ilk ishtirokidayoq chorak final bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Jerar Pike tashkilotchiligidagi turnir 12 yanvarga qadar davom etadi. Finalga Turin shahridagi “Yuventus” klubining “Alyans” stadioni mezbonlik qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12115 | Инструменты