Huawei 1
O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida FIFA reytingida uch pog‘ona ko‘tariladi

O‘zbekiston terma jamoasining Eron va BAAga qarshi ijobiy natijalari FIFA reytingiga o‘z taʼsirini ko‘rsatadi.

Terma jamoamiz noyabr oyida FIFA reytingida uch pog‘ona ko‘tariladi va dunyoning 57-raqamli jamoasiga aylanadi.

Shu tariqa, termamiz FIFA reytingida Saudiya Arabistonidan o‘tib ketib, Osiyoning 6-raqamli termasiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz JCH-2026 saralash bahslarining 4-turidan so‘ng 10 ochko to‘plagan holda Eron bilan birgalikda guruhni boshqarishmoqda.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101702 | Инструменты