Osiyo kubogi: Bugun O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi raqibi aniqlanadi

Qatarda o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqasi tobora qizg‘in pallaga kirmoqda. Kubok bahslarining "D" guruhida 3-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

Unda Iroq terma jamoasi Vyetnamni 3:2 hisobida taslim qildi. Yaponiya va Indoneziya bahsi 3:1 hisobida yakunlandi. Mazkur natijadan so‘ng Iroq 9 ochko bilan guruhdan birinchi o‘rinni egalladi.  Yaponiya 6 ochko jamg‘argan holda ikkinchi pog‘onani band etgan bo‘lsa, 3 ochkosi bor Indoneziya termasi uchinchi bo‘ldi. Birorta ham ochko to‘play olmagan Vyetnam "D" guruhining so‘nggi pog‘onasini band etdi.

Bugun, Osiyo kuboning 3-tur bahslari davom etadi. Aniqrog‘i, “E” guruhida Janubiy Koreya — Malayziya, Iordaniya — Bahrayn terma jamoalari soat 16:30 da maydonga tushadi. Shuningdek, soat 20:00 da “F” guruhida Qirg‘iz Respublikasi — O‘mon, Saudiya Arabistoni — Tailand o‘rtasidagi o‘yin boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты