Huawei 1
Parij—2024. Ispaniya Fransiyani mag’lub etdi va Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada o‘yinlari doirasida futbol musobaqasidan o‘rin olgan final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Hal qiluvchi bahsda Ispaniya Fransiya bilan to‘qnash keldi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Enso Miyo hisobni ochdi. 18-daqiqada esa Fermin Lopes hisobni tenglashtirdi. 25-daqiqada Fermin dublni rasmiylashtirdi.

28-daqiqada Aleks Baena jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda esa fransuzlar ancha o‘ziga kelib oldi. 80-daqiqada Magnes Alkiush hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda esa Mateta penaltini aniq amalga oshirdi va hisobni 3:3 ko‘rinishiga olib keldi.

Asosiy bo‘limlar durang bilan yakunlangach, terma jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qildi. Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisida ispaniya hisobda oldinga chiqib oldi. 100-daqiqada urilgan golga Kamelyo mualliflik qildi. 120+1-daqiqada ham Kamelyo darvozani ishg‘ol qilib, Ispaniyaning 5:3 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Ispaniya Parij Olimpiadasining futbol musobaqasida chempionga aylandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91012 | Инструменты