PSJ bilan o‘yinda “Bavariya” bosh murabbiyini eng ko‘p nima hayratda qoldirdi? Nagelsmann javob berdi
Germaniyaning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann YChL nimchoram finalidan oʻrin olgan PSJga (1:0) qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Dastlabki 25 daqiqada juda yaxshi oʻynadik va vaziyatni nazorat qildik. Shunga qaramay, golga koʻproq intilishimiz mumkin edi. Jamoamiz toʻpga tez-tez ega boʻlganidan hayratda qoldi, raqib esa ortga qolishni maʼqul koʻrdi.
PSJ chuqur himoyalanishini bilardim, biroq ularning passivligi, bunchalik ortdan oʻynashi va umuman toʻpni qabul qilishni rejalashtirmagani meni hayratda qoldirdi. Javob uchrashuvi qanaqa bo‘ladi, bilmadim. Hammasi o‘sha paytdagi formamizga bog‘liq”, — deydi Nagelsmann.
Avvalroq, ushbu uchrashuv haqida Kilian Mbappening bildirgan fikrlari haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21103 | Инструменты