Huawei 1
Ravshan Ermatov "Atletiko Madrid"ning O'zbekistonga kelishi haqidagi xabarga oydinlik kiritdi

Ravshan Ermatov Atletiko Madrid klubining Oʻzbekistonga kelishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi. 

“Toshkent Besh tashabbus harakati" doirasida Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bilan yoshlarning ochiq muloqoti oʻtkazildi.

Ravshan Ermatov tadbir avvalida soʻnggi yillarda qoʻmitada amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib, OAV vakillari va ishtirokchilarning savollariga javob qaytardi. 

Jumladan, Ispaniya futbol klubi Atletiko Madrid jamoasining Oʻzbekistonga kelishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi.

– Xabaringiz bor, yaqinda turizm va sport vaziri Ispaniya va Italiya safarlarida boʻldi. Safar chogʻida Atletiko Madrid klubi vakillari bilan muzokaralar olib borilgan. 

Biz ular bilan qaysi yoʻnalishlar boʻyicha tajriba almashishimiz mumkinligi, xalqaro oʻrtoqlik oʻyinlari, murabbiylarni Ispaniyaga malaka oshirishga yuborish, yosh futbolchilarimizni klub akademiyasiga joylash kabi masalalarini qoʻydik.

Bilasiz, Atletiko Madrid jamoasi grafigi juda tigʻiz, shuning uchun hozircha klubning yoshlar jamoasidan boshlab turamiz. Keyinchalik, kattalar jamoasi, vaqti kelsa Ispaniya terma jamoasi bilan ham oʻynash imkoniyatimiz boʻladi. – degan R. Ermatov.



Izohlar: 4
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga