Huawei 1
“Real Madrid” va “Bavariya”ning afsonaviy sobiq murabbiyi yurak operatsiyasini o'tkazgani ma'lum bo'ldi

Germaniyaning “Bavariya” klubi sobiq bosh murabbiyi Yupp Haynkess noyabr oyida shoshilinch tarzda yurak jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, germaniyalik sobiq bosh murabbiy 2 hafta reanimatsiyada bo‘lgan.

“Bu hayotimdagi eng yomon kunlar edi”, — deb eslaydi 77 yoshli mutaxassis.

Hozirda Haynkess tuzalgan va o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ma’lumot uchun, nemis murabbiyi “Real” bilan 1998-yilda Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2013-yilda “Bavariya” bilan ushbu vazifani uddalagan. O'sha yili murabbiy “nemis mashinasi” bilan trebl (bir mavsumda 3 ta asosiy musobaqada g'olib chiqish) amalga oshirgan.

Avvalroq, braziliyalik futbol afsonasi Pelening ham ahvoli og'irlashgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111416 | Инструменты