Britaniyaning FourFourTwo nashri Italiya futboli tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilar reytingni tuzdi.
Ro‘yxatning birinchi qatori jahon chempionatida penaltilar syeriyasida gol urolmasdan, italiyalik fanatlar g‘azabiga duchor bo‘lgan Roberto Badjoga nasib qildi.
Kuchli uchlikdan himoyachi Paolo Maldini va yaqindagina uzoq yillik professional faoliyatini yakunlagan darvozabon Janluiji Buffon o‘rin oldi.
Kuchli o‘nlikdagi qolgan o‘rinlar Juzeppe Meassa, Janni Rivera, Franko Barezi, Andrea Pirlo, Dino Dzoff va Alessandro del Peroga nasib qildi.
Ma'lumot uchun, Italiya terma jamoasi o‘z tarixida to‘rt marotaba jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20804 | Инструменты