Usmonov Alisher Otaxonovich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Prezident maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o'tamiz, Alisher Usmonov 2018-yildan buyon fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Prezident Davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Undan oldin u Prezidentning Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122522 | Инструменты