Huawei 1
Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Slovakiyadagi birinchi elchisi bo‘ldi

O'zbekistonning Slovakiyadagi birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) Baxtiyor Ibragimov ushbu mamlakat Prezidenti Peter Pellegriniga ishonch yorlig'ini topshirdi

Bratislavadagi "Grassalkovichlar" saroyida bo'lib o'tgan tantanali marosimdan so'ng o'tkazilgan muloqot chog'ida O'zbekiston va Slovakiya o'rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar so'nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichiga ko'tarilayotganini ta'kidlashdi. Shuningdek, joriy yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda salmoqli qo'shma tadbirlar belgilangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Eslatib o'tamiz, Baxtiyor Ibragimov joriy yilning yanvar oyida Albaniya Prezidenti Bayram Begayga O'zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchisi (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) sifatidagi ishonch yorlig'ini topshirgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30910 | Инструменты