Ekopartiya prezidentlik sayloviga o'z nomzodini e'lon qildi
Plenumda Yangi Oʻzbekiston tarixida ilk bor yangi siyosiy kuch Oʻzbekiston Ekologik partiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishtirok etishi bilan bogʻliq masala muhokama qilindi. Bu haqda uzreport TV muxbiri xabar bermoqda.
Unda mamlakatda tobora dolzarb boʻlib borayotgan ekologik muammolarni xal etish, jamiyatda aholining eʼtiborini ekologik muammolar va ularning yechimiga qaratish, inson salomatligini asrash va sogʻlom turmush tarzini taʼminlash borasida jamiyat oldida turgan oʻta muhim masalalarni xal etishni oʻz zimmasiga olgan holda partiyaning mazkur saylovda qatnashishi toʻgʻrisida Plenum qarori qabul qilindi.
Shuningdek, ushbu dolzarb masalalarni oʻzida aks ettirgan dastur bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashishi uchun partiya oʻzining boʻlajak nomzodini syezd muhokamasiga kiritish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Unga ko'ra, Prezident saylovida Ekopartiya tomonidan partiya markaziy kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi Narzulla Oblomurodov nomzod sifatida qatnashadigan bo'ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112215 | Инструменты