Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Deputatlar Namangan viloyati hokimining G‘ofur Jamolovni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Namangan shahar hokimi vazifasidan ozod qilish, Anvar Otaxo‘jayevni Namangan shahar hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqladi.
Shuningdek, viloyat hokimining G‘.Jamolovni Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risida hamda J.Hotamovni Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorlari yig‘ilganlarga tanishtirildi.
Anvar Otaxo‘jayev ushbu tayinlovga qadar Chortoq tumani hokimi lavozimida ishlagan. U 2019-yildan shu kunga qadar ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20721 | Инструменты