Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo'lib o'tmoqda.
“Barchamiz yaxshi tushunamiz, korrupsiyaga qarshi kurash jarayoni hech qachon aniq muddat bilan cheklanmaydi. Ushbu masalada faqat davlatning saʼy-harakati bilan kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Bu – butun jamiyatimizning ishi”, - dedi prezident.
Kadrlarda fidoyilik, illatlarga qarshi kurashishda hamjihatlik yetishmayotgani bu boradagi eng katta kamchilik sifatida ko‘rsatib o‘tildi.
Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlikni qadrlash, kechagi kun bilan bugungi kunni farqini yaxshi tushunish, mahallada, to‘y-marakada ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, halollik va shukronalik bilan hayot kechirishni tushuntirish ishlari bo‘yicha jamiyatimizda yaxshi tajribalar yetishmasligi qayd etildi.
Davlat rahbari bu borada turgan eng muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Huquq-tartibot idoralari asosan korrupsiyani aniqlash va jazolash bilan ishlab, korrupsiyaviy omillarni tag-tomiri bilan yo‘qotadigan preventiv choralarni eʼtiborsiz qoldirayotgani qayd etildi.
Korrupsiyani oldini olish, omillari bilan ishlash uchun 117 ta vazirlik va idoradagi “korrupsiyaga qarshi ichki nazorat” tuzilmalarida 1 ming 285 xodim ishlamoqda. Lekin, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishda ularning o‘rni ham, masʼuliyati ham sezilmayotgani qayd etildi.
Har yili biznes muhitini yaxshilash, investitsiya jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratishda byurokratiya va to‘siqlarga barham berish bo‘yicha o‘nlab qarorlar qabul qilinmoqda.
Masalan, 6,5 ming turdagi mahsulotni ishlab chiqarish va olib kirishda tadbirkorlarga muvofiqlikni baholash majburiyati yuklangan. Shundan 3 ming 700 turdagi tovar bo‘yicha har bir partiyaga alohida sertifikat olish shart.
Shunday ro‘yxatlar sanitariya, karantin, veterinariya idoralarida ham bor. Bojxona esa bu ro‘yxatlarni hammasi bilan ishlaydi.
Tadbirkorlarni qiynab, korrupsiyaga omil bo‘layotgan bunday ro‘yxatlarni qisqartirish bo‘yicha bu idoralarning komplayens xodimlari hech qanday taklif bermagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30614 | Инструменты