Huawei 1
Qonunchilik palatasi huzurida jamoaviy tashabbuslar bo‘yicha parlament komissiyasi tashkil etilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zlamoqda. Keyingi yillarda palata faoliyatida jamoatchilik ishtiroki yanada kuchaydi. Xususan, yangilangan Konstitutsiyamizda 100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar o‘z takliflarini quyi palataga kiritish huquqiga ega ekani kafolatlandi.

Fuqarolarning tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident Qonunchilik palatasi huzurida Jamoaviy tashabbuslar bo‘yicha parlament komissiyasini tashkil etishni taklif qildi.

O‘tgan davrda parlament diplomatiyasi va parlamentlararo aloqalar tashqi siyosatimizning taʼsirchan va pragmatik vositasiga aylandi. O‘tgan besh yilda O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoq, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti parlament assambleyalariga aʼzo bo‘ldi, Shanxay hamkorlik tashkilotining xotin-qizlar forumi, Markaziy Osiyo davlatlari ikkinchi parlamentlararo forumi kabi xalqaro tadbirlarga mezbonlik qildi.

Davlat rahbari xalqaro parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida quyi palatada qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish hamda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirish masalalari bo‘yicha parlament komissiyalari tashkil etishni taklif qildi.

Yangi tuzilayotgan parlament komissiyasi tashabbusni qo‘lga olib, qonunlarimizni Jahon savdo tashkiloti qoidalariga to‘liq moslashtirishni kelgusi yilda yakuniga yetkazishiga ishonch bildirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111816 | Инструменты