Shavkat Mirziyoyev Tojikistonda yana bir davlat rahbari bilan uchrashdi
Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga ShHTning navbatdagi davlat rahbarlari yig'ilishida ishtirok etish uchun jo'nab ketgan edi. Shuningdek, ushbu kunda ikkita davlat rahbari bilan uchrashishi kerak edi. Dushanbe shahriga tashrifning birinchi kungi dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistondavlat rahabri bilan uchrashuvdan so'ng, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma'lum qildi.
Unga ko'ra, suhbat avvalida davlatimiz rahbari Eron Prezidentini yuksak davlat lavozimiga saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, masʼuliyatli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi. Amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Joriy yil boshidan oʻzaro savdo koʻrsatkichlari izchil oʻsib borayotgani kuzatilmoqda. Qishloq xoʻjaligi, parrandachilik, baliqchilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda biznes loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Savdo-iqtisodiy aloqalar surʼatini davom ettirish va yangi “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash maqsadida qoʻshma Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, “yoʻl xarita”si asosida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish istiqbollari hamda ikki mamlakat tranzit salohiyatini samarali ishga solish imkoniyatlari vakolatli idoralar darajasida puxta oʻrganiladi.
Davlat rahbarlari mintaqa kun tartibidagi masalalarni, shu jumladan Afgʻonistonda vujudga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda koʻrib chiqqan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12705 | Инструменты