Shaxriyor Nurulloyev Madaniy meros agentligi direktori etib tayinlandi
Shaxriyor Nurulloyev O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori etib tayinlandi.
Bungacha u Prezident Administratsiyasi mas'ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
Madaniy meros agentligi moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112006 | Инструменты