Huawei 1
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i o‘zgardi

Polkovnik Olim Choriqulovich Saidov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati rasman xabar berdi.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga polkovnik Sherzod Shokirovich Ibragimov tayinlangan.


Tayinlovga qadar Sh.Ibragimov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты