Huawei 1
11-sentyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

"Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar ahvoli hamma viloyat va tumanda ham bir xil emas" — Prezident

Aholiga bo‘lib berilgan yerlar bo‘yicha 16 ta tumanda 2-3 martadan hosil olish hisobiga kambag‘allik 2 karra kamaydi. Bular – Paxtaobod, Baliqchi, Gurlan, Xonqa, Oltiariq, Dang‘ara, Konimex, Boyovut, Jomboy, Shofirkon, Sh.Rashidov, Zomin, Shahrisabz, O‘rtachirchiq, Bo‘ka, Taxiatosh tumanlari.

"Umra – 2024" yangi mavsumi boshlandi

10-sentabr kuni "Umra – 2024" mavsumining navbatdagi bosqich ilk guruh ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.

Toshkentda 8 nafar imom-xatib, 10 nafar imom noibi ishdan olindi

Poytaxtda joylashgan masjidlarda faoliyat olib borgan 8 nafar imom-xatib, 10 nafar imom noibi vazifasidan ozod etildi hamda 2 nafar imom-xatib va 2 nafar imom noibiga hayfsan intizomiy chorasi qo‘llanildi.

Botir Qodirov sudda yutdi. Sud uni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida xonanda Botir Qodirovning otalikni belgilash haqidagi da’vosi yuzasidan sud qarori o‘qildi.

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi

Mutasaddilarga har bir mahallani to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ulardagi “kambag‘al oilalar portreti”ni ishlab chiqish topshirildi. Kambag‘al oila bo‘yicha individual dastur bo‘ladi, har bir vazirlikning aniq vazifasi ko‘rsatiladi.

Qirg‘iziston prezidenti o‘zbekistonlik boks murabbiyiga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi

Sadir Japarov o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanov bilan uchrashib, unga Munarbek Seyitbek o‘g‘lining  g‘alabasiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik ramzi sifatida avtomobil sovg‘a qildi.

Termiz shahri va Termiz tumanidagi metan “zapravka”larga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi

Termiz shahri va Termiz tumanidagi AGTKSHlarni tabiiy gaz bilan taʼminlovchi “Termiz sanoat tarmog‘i”ga GRSdan chiqish qismida kollektorga keluvchi gaz quvurida o‘rnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilmada nosozlik yuzaga kelgan.

Fuqarolar tibbiy yordamni elektron navbat asosida bepul olish huquqiga ega bo'ladi

2027-yil 1-yanvardan so'nggi bir yil davomida kamida 6 oy jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i yoki ijtimoiy soliq to'laganlar uchun davlat tibbiy sug'urtasi tizimida yuqori texnologik tibbiy yordam bepul amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda sotilayotgan 6 xil muzqaymoq tarkibida bakteriyalar aniqlandi

O‘zbekistonda sotilayotgan 6 xil turdagi muzqaymoq tarkibida ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar borligi aniqlandi.

O‘zbekistonda 2023-yili korrupsiyada sudlangan 566 nafar davlat xizmatchisi qayta ishga kirib, yana shu jinoyatni sodir etdi

O‘zbekistonda korrupsionerlarning ochiq reyestri tuzilib, ularga nisbatan qator taqiqlar kuchga kirishi kerak edi. Lekin bu haqdagi qonun bir necha yildan beri kechikmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov qonun loyihasi shu oy oxirigacha parlamentga kiritilishini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100722 | Инструменты