Tekshiruv davomida salqin ichimliklarning asosiy qismining yaroqlilik muddati maxsus suyuqlik yordamida o‘zgartirilib, sotuvga chiqarish uchun tayyorlab qo‘yilganligi maʼlum bo‘ldi.
2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko'ra, mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi.
Natijada, olib chiqish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan jami 37 dona, og‘irligi 226,04 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari hamda tarixiy ahamiyatga ega 16 dona ko‘krak nishonlari va tangalar aniqlanib, ashyo dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroning majburan IIB binosiga olib kirib ketilayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parijga tashrifi munosabati bilan o‘zining X‘dagi sahifasiga o‘zbek tilida post joyladi.
O‘zbekiston-Fransiya parlamentlararo forumini tashkil etish va "yo‘l xaritasi" asosida do‘stlik guruhlari ishini qayta tiklash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi doirasida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov va Fransiya tashqi savdo va xorijdagi fuqarolar bo‘yicha vazir-delegat Loran Sen-Marten Toshkent tramvay tizimini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi. Tramvay shaharni Yangi Toshkent bilan bog‘lashi, liniyalarni Fransiyaning Alstom kompaniyasi qurishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonning "Yashil" energetika bo‘yicha istiqbolli hamkorlaridan biri – Fransiyaning "Voltalia" kompaniyasi bilan mamlakatimizda quyosh, shamol stansiyalari va energiya saqlash tizimidan iborat gibrid klaster uchun elektr energiyasi sotish bo‘yicha 25 yillik shartnoma imzolandi.
“Navoiyuran” davlat korxonasi va Fransiyaning Orano kompaniyasi Janubiy Jongeldi uran konini sanoat miqyosida o‘zlashtirish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi AQSHdagi eski namunadagi pasportga ega O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.
"Lloyd's of London" bilan O'zbekiston sug'urta bozori yana-da rivojlantirish va uni global sug'urta bozorida integratsiyasi qilish, mamlakat mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31320 | Инструменты