16 yoshli o‘smir “Chorsu” mehmonxonasi binosidan yiqilib halok bo‘ldi. Bu haqda Uzreport.news manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024-yil 28-noyabr kuni soat taxminan 19:30 larda Shayxontohur tuman IIO FMB NQga tushgan xabarga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani, Xumoyun dahasi, 1-tor ko‘chasi, 6a-uy, 9-xonadonda yashagan 2008 yilda tug‘ilgan fuqaro Y.Y. sobiq “Chorsu” mehmonxonasi binosiga tanishi bilan birga ruxsatsiz chiqib, binoning 21-qavatidan 3-qavatigacha tushib, voqea joyida vafot etgan.
Marhum Y.Y.ni vafot etganligi holati yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 113017 | Инструменты