Huawei 1
17-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Qashqadaryoda tergovchi pora bilan ushlandi

Hozirda Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Toshkentda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo'q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Turkiya hududida jinoiy javobgarlikdan yashirinib yurgan samarqandlik erkak qidirilmoqda

Ushbu shaxs to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lgan vatandoshlarimizdan Bosh konsulxonaga yoki Ichki ishlar vazirligiga xabar berish so‘raladi.

Toshkentda yana bir mozaikali bino reklama bannerlaridan tozalandi

Toshkent shahri Beruniy-1 massivida joylashgan mozaikali binodan reklama bannerlari demontaj qilindi.

Shavkat Mirziyoyev 18-19-aprel kunlari davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Tashrif dasturiga muvofiq, Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Andijonda ko'k "Jiguli" yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

NATO mutaxassislari Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislar tayyorlash markaziga tashrif buyurdi

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Toshkentda tunda niqobli shaxslar raqamsiz ekskavatorda daraxtni ildizi bilan olib tashladi

Holat yuzasidan Ekologiya vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif etilmoqda. Maosh — 1080 yevro

Nomzodlar 22−45 yosh oralig‘ida bo‘lishi va rus tilida erkin muloqot qila olishlari kerak.

Ichki bozorlarda shakar mahsuloti uzluksiz yetkazib berish holati va narxlarning barqarorligi taʼminlanmoqda - Raqobat qo'mitasi

Qayd etilishicha, dehqon bozorlari va yirik savdo tarmoqlarida shakar mahsulotining chakana narxi avvalgi vaqtga nisbatan arzonlashgan bo‘lib, uning 1 kg uchun 13 000 so‘mdan sotilishi ta’minlanmoqda.

Qashqadaryo va Samarqand viloyati soliq boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi

Prezidentning farmoyishi bilan Qashqadaryo va Samarqand viloyati soliq boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi.

"M39" Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz" avtomobil yo‘lining 60 km qismi rekonstruksiya qilinadi

Loyiha 2024-2029-yillar davomida amalga oshiriladi.

Surxondaryoda attraksion trosi uzilib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Holat yuzasidan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi munosabat bildirdi.

Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya biznes forumi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston – Tojikiston sarmoyaviy kompaniyasining roli alohida taʼkidlandi, uning resurslaridan foydalanish uchun umumiy qiymati 135 million dollar bo‘lgan 14 ta loyiha ro‘yxati shakllantirildi.

Toshkentda profilaktika inspektori mast erkak tomonidan pichoqlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi

Markaziy bank 17-aprel kuni oltin quymalar va esdalik oltin tangalar narxlarini yangiladi.

O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan diniy ta’limda hamkorlik qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Janubiy Koreya musulmonlari federatsiyasi o‘rtasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun asos bo‘ladigan anglashuv memorandumi imzolandi.

Markaziy Osiyoda demokratiya darajasi pasayishda davom etmoqda — Freedom House

O‘zbekiston, Freedom House ma’lumotlariga ko‘ra, maksimal 7 balldan 1,18 ball oldi. O‘tgan yili O‘zbekistondagi demokratiya holati 1,21 ball bilan baholangan edi.

Kurash sport turida yangi vazn toifasi joriy etilmoqda

Unga ko'ra, kurash sporti vaznlarini muqobillashtirish borasidagi takliflar asosida kattalar o‘rtasidagi vaznlar 16 taga yetkazilishiga kelishildi. Bugungacha kurash musobaqalarida kattalar o‘rtasidagi vazn toifalari 15 tadan iborat bo‘lib, uning 7 tasi erkaklar va 8 tasi ayol kurashchilarga tegishli edi.

Toshkentda V Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi

Hujjat bilan “Toshkent-2025” yozgi IV Osiyo va V Paraosiyo o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga