Huawei 1
17-mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev AQSH Kongressi delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev AQSH Kongressi a’zosi, O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha parlament kokusi ishtirokchisi Kerol Miller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

2025-yil 1-avgustgacha Ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash yo'nalishida moliyaviy xizmatlar ko'rsatish strategiyasi tasdiqlanadi.

Toshkentda isitish mavsumini yakunlash haqidagi qaror tez orada qabul qilinishi aytildi

Toshkent shahri hokimligi tez orada 2024–2025-yillar uchun isitish mavsumini yopish haqida qaror qabul qiladi.  Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xabar berdi.

Oltin quymalari narxi yangi rekord darajaga yetdi

1 gramm oltin 1 mln 285 ming 280 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 6 mln 426 ming so‘mdan sotilmoqda.

Toshkent shahrida yo‘lovchilardan yo‘l haqi uchun naqd pul talab qilgan avtobus haydovchisi ishdan olindi

Poytaxtda 72-sonli avtobus haydovchisi salon chiroqlarini o‘chirgan holda odamlardan yo‘l haqi uchun naqd pul talab qildi.

O'zbekistonning qaysi hududida aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi yuqori ekanligi ma'lum bo'ldi

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga respublikada aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha 18,9 kvadrat metrni tashkil etgan.

Shavkat Mirziyoyev AQSHda yuz bergan kuchli tornadolar yuzasidan Donald Trampga taʼziya maktubi yo‘lladi

Davlat rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.

Garov bilan taʼminlangan qarzlarni undirishdagi huquqiy mexanizmlar yanada takomillashtirilmoqda

Garovdagi mulkni bozor qiymatida savdoga chiqarish hamda qaytmagan qarzdorlik summasi garov qiymatining 15 foizidan kam bo‘lganda, undiruvni mulkka qaratmaslik belgilanmoqda.

Oʻzbekistonda Samarqand xalqaro iqlim forumi boʻlib oʻtadi

4–5-aprel kunlari “Silk Road Samarkand” kongress markazida birinchi Samarqand xalqaro iqlim forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda jahon yetakchilari, siyosatchilar, ekspertlar va faollar Markaziy Osiyo va dunyo duch kelayotgan dolzarb iqlim muammolarini muhokama qilishadi.

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit beriladi

Prezident qarori bilan 2025-yil 1-maydan ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi. 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31804 | Инструменты