Huawei 1
20-mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Prezident “High Town City” savdo majmuasini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev savdo markazidagi zamonaviy tijorat va xizmat turlarini ko‘zdan kechirdi. 4 qavatli binoda savdo do‘konlari, jumladan, mashhur brendlarning shoxobchalari ochilgan. 

Samarqandda Fransuz oliy muhandislik maktabi tashkil etiladi

Institut maqomidagi ushbu oliy maktab shu yilning sentyabr oyida o‘z faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan bo‘lib, konchilik, geologiya, neft va gaz, kimyo muhandisligi kabi muhim taʼlim yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Juda ko‘p miqdordagi xorijiy valyutaning O'zbekistondan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona postida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Navro‘z bayrami kunlarida Toshkent metrosida poyezdlar harakatlanish tartibi e'lon qilindi

Qayd etilishicha, 21, 22-mart kunlarida metro poyezdlari harakati shanba kuni uchun belgilangan jadval asosida ish faoliyatini olib boradi.

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining asosiy vazifalari belgilandi

Shuningdek, adliya organlari va muassasalari xodimlari hamda yuridik xizmat, advokatura va notariat sohalari bo‘yicha yuridik kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirib borishni nazarda tutuvchi kredit-modul mexanizmiga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi joriy etiladi.

Fevral oyida aholining inflyatsion kutilmalari 15,3 foizga teng bo'ldi

Pul-kredit sharoitlarining qatʼiylashtirilishi umumiy talabni muvozanatli shakllanishiga va narxlarga oshiruvchi omillar taʼsirini kamaytirishi orqali kelgusi choraklarda inflyatsion jarayonlarning maʼlum darajada sekinlashishiga xizmat qilib, yil yakuni bo‘yicha umumiy inflyatsiyani 7-8 foizgacha pasayishiga zamin yaratadi.

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan JSTga aʼzo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarning bir qismini yakunladi

Bryusselda O‘zbekiston tomoni Yevropa Ittifoqi bilan JSTga aʼzo bo‘lish bo‘yicha samarali ikki tomonlama muzokaralar olib bordi.

Markaziy bank asosiy stavkani ko‘tardi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Toshkentdagi birinchi jamoatchilik parki uchun 300 tup daraxt ekildi

Poytaxtni ko‘kalamzorlashtirish, yoshlarning ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirda davlat idoralari, jamoat tashkilotlari vakillari, ekologiya faollari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etdi. Aksiya davomida 300 tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32109 | Инструменты