Huawei 1
200 mingdan ortiq iste'molchilarga 50 mlrd so'mga yaqin mablag' qayta hisob-kitob qilindi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa qonunosti hujjatlarning talablariga rioya etilishini taʼminlash, narxlarning asossiz oshishining oldini olish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va tabiiy monopoliya subyektlarini tartibga solish borasida bir qator tahlil va nazorat ishlari olib borilmoqda.

2024-yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida, Raqobat qonunchiligi talablari buzilgan 400dan ortiq holatlar yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan belgilangan tartibda ishlar qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan ishlar va Qo‘mita tomonidan berilgan ko‘rsatmalar natijasida 200 mingdan ortiq isteʼmolchilarga 50 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi taʼminlandi.

Jumladan,

“O‘ZSUVTA‘MINOT” AJ

Mazkur korxona tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda nazarda tutilgan narx shakllantirish talablari buzilganligi aniqlandi. Buning natijasida “O‘ZSUVTA‘MINOT” AJ tomonidan 7 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha daromad olinganligi maʼlum bo‘lib, tegishli ko‘rsatma berildi va ijrosi taʼminlandi.

"HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ

Korxona va uning hududiy filiallari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 dekabrdagi 722-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi natijasida 5 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha daromad olinganligi aniqlanib, isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berildi va ijrosi taʼminlandi.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan bu boradagi tegishli nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22415 | Инструменты