Huawei 1
2022-2023-yangi o‘quv yilida “Mustaqillik dars”lari “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkaziladi

2022-2023 o‘quv yili respublikamizdagi 10 130 ta maktablarida “Bilimlar kuni”ni “Mustaqillik dars”lari bilan boshlanadi.

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkaziladigan Mustaqillik darslari maktab direktori, direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tarix, ona tili va adabiyoti fanlari o‘qituvchilari hamda sinf rahbarlari tomonidan olib boriladi.

“Mustaqillik darslari”da o‘quvchilarga xalqimizning 31 yil davomida erishgan yutuqlari, Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati borasida keng ma’lumotlar beriladi.

Shuningdek, umumta’lim maktablariga tashrif buyurgan sektor rahbarlari ham “Mustaqillik darslari”da ishtirok etib, o‘quvchilarga mamlakatimizda mustaqillik yillarida xususan so‘nggi yillarda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash borasida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar mazmun-mohiyati, ta’limdagi islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati va boshqa bir qator ko‘rsatgichlar va erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20720 | Инструменты