Davlat budjeti loyihasiga ko‘ra, kelgusi yilda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmatlarning tariflarini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 9,6 trln so‘m ajratish ko‘zda tutilgan.
Hujjatda keltirilishicha, joriy yil oxirigacha shakllangan inflyatsiya miqdori yil davomida byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va pensiya miqdorlarining oshirilgan foizlaridan yuqori bo‘lgan taqdirda, kelgusi moliya yilining yanvar oyidan ish haqi va pensiyalarni ushbu foizlarga oshirish orqali kompensatsiya qilish tartibi joriy etiladi.
O‘zi umuman, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar kelgusi yilda davlat budjeti xarajatining 50%dan ortig‘ini tashkil etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12718 | Инструменты