Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi
Prezidentlar ikki davlat sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
IX qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qilishi ma’lum bo‘ldi
7-14 fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlari tashkil etiladi. Musobaqa rasmiy saytida keltirilishicha, O‘zbekiston hozircha 6 ta yo‘nalishda sportchilarni ro‘yxatdan o‘tkazgan.
Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi
Universitetda talabalarni o'qitish to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va to'lov-kontrakt miqdori universitet tomonidan belgilanadi.
Saida Mirziyoyeva JSTga aʼzo bo‘lish yo‘lida 2024-yilda katta qadam tashlangani va 2025-yilda ham bu harakat davom ettirilishini maʼlum qildi
Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish yo‘lida 2024-yilda AQSH, Xitoy va Yaponiya kabi 15 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. Natijada O‘zbekiston imzolangan bitimlar soni 23 taga yetdi. Qisqa vaqt ichida biznesni va raqobatni yana-da shaffof qilish uchun 20 ta muhim qonun qabul qilindi.
O'zbekistonda atrof-muhitga taʼsirni baholash jarayonlariga jamoatchilik keng jalb etiladi
Senatda “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. Qonun bilan atrof-muhitga taʼsirni baholash jarayonlariga jamoatchilikni keng jalb etish, xususan, jamoatchilik ekologik ekspertizasi hamda jamoatchilik eshituvini oʼtkazish tartiblarini belgilash boʼyicha alohida normalar kiritilmoqda.
Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi
Qarorga ko'ra, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi. 2025/2026-o'quv yilidan universitet professor-o'qituvchilari va doktorantlarini yetakchi xorijiy oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuboriladi.
Taniqli boshlovchi Nilufar Sotiboldiyevani haqoratlagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi
Uzreport TV muxbiri xabariga ko'ra, suxandon Nilufar Sotiboldiyevani Instagram'dagi kommentlar orqali haqorat qilgan, qo’pol so’z ishlatib, so’kkan shaxsga nisbatan hukm o’qildi. Ayblanuvchi shaxs uzr so’rash o’rniga Nilufar Sotiboldiyevadan rasmlarini montaj qilib, tarqatishini aytib tahdid qilgan. Oqibatda Nilufar Sotiboldiyeva uni qonun hukmiga havola qilgan.
O‘zbekistonda shaharda yashovchilar soni qishloqda yashovchilar sonidan ko‘p ekani maʼlum bo‘ldi
Statistika agentligi respublikadagi demografik ko'rsatkichlarni e'lon qildi.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta'minlash” magistratura mutaxassisligi ochiladi
Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-iyulgacha IIV Akademiyasi tuzilmasida mavjud shtatlar doirasida kiberhuquq, aniq fanlar, raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi hamda kriminalistik ekspertizalar kafedralarini o'z ichiga oluvchi Kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika fakulteti tashkil etiladi.
Qozogʻiston-Oʻzbekiston chegarasida 5-fevralgacha cheklovlar joriy etildi
O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan «G‘ishtko‘prik» nazorat-o‘tkazish punkti (Qozog‘iston tomonida «Jibek joli» punkti) vaqtincha yopiladi. Bu ushbu nazorat-o‘tkazish punktida olib borilayotgan modernizatsiya qilish ishlarining yakunlanishi bilan bog‘liq.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12904 | Инструменты