Huawei 1
2024-yilda Janubiy Koreyaga 23,9 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari safar qildi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yil yanvar-dekabr oylarida 23,9 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Koreya Respublikasiga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,4 ming nafarga yoki 29,1 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida Koreya Respublikasiga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

- sayyohlik – 16 205 nafar;

- qarindoshlarni yo‘qlash – 5 142 nafar;

- o‘qish – 2 077 nafar;

- xizmat yuzasidan – 427 nafar;

- davolanish – 58 nafar.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin turistik maqsadlarda Misrga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari 47,4 ming nafarni tashkil etgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12709 | Инструменты