2024-yil davomida poytaxtda 1 280 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, ulardan 91 tasi o‘lim bilan yakunlangan, 1 189 tasi esa jarohatlar bilan tugagan. Ushbu maʼlumotlar xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarorida keltirilgan.
YTHlarning 720 tasi piyodalar, 98 tasi tezlikni oshirish oqibatida sodir bo‘lgan.
Qarorda qayd etilishicha, ushbu maʼlumotlar muammoga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi.
Toshkent shahrida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish, YTHlarning oldini olish, yo‘l harakati qoidalari buzilishi profilaktikasini tashkil etish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXBga:
- tezlikni oshirish bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun 10 ta mobil fotoradar sotib olish;
- texnik nazorat bo‘linmalarini zamonaviy diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlash;
- piyodalar yo‘lni belgilanmagan joylardan tez-tez kesib o‘tadigan joylarda metall to‘siqlar o‘rnatish;
- 2025 yilda voyaga yetmaganlar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida poytaxt ko‘chalarida 12 ta qabariq piyodalar o‘tish joylarini tashkil etish;
- texnik nazorat bo‘linmalarini zamonaviy diagnostika qurilmalari bilan jihozlash.
Ma'lumot o'rnida, 2023-yilda Toshkent shahrida YTHlar oqibatida 95 kishi halok bo‘lgan edi, ulardan 10 nafari — bolalar bo'lgan. 1248 kishi (235 bola) jarohat olgan, xususan, 10 nafari umrbod nogiron bo‘lib qolgandi. 2022-yilda esa poytaxtda 1200 ta YTH sodir bo‘lgan. Unda 136 kishi, jumladan, 17 nafar voyaga yetmagan vafot etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22418 | Инструменты