O‘zbekistonda 2025 yil 1 martdan e’tiboran qonunchilikda bir qancha o‘zgarishlar amalga oshadi.
Ayrim bog‘chalar pedagoglari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 1 martgacha yangi ishlab chiqilgan kasbiy standart asosida bog‘chalar pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirilishi belgilangan.
Bundan tashqari, tajriba-sinov tarzida mamlakatning uzoq va chekka hududlarida joylashgan bog‘chalarning pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari joriy etiladi.
Mobil malaka oshirish xizmatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi pedagogik mahorat markazlari tomonidan 4 ta auditoriya ko‘rinishidagi avtobuslar negizida tashkil etiladi.
Nodavlat va DXSH asosidagi bog‘chalar pedagoglariga bu xizmatlar pullik asosida ko‘rsatiladi. Avtobuslarni jihozlash Jahon banki mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Tuman va shahar hokimliklariga qo‘shimcha ma’muriy vakolatlar beriladi
2025 yil 1 martdan hududi 10 ming metr kvadratdan, baholangan qiymati 5 ming BHMdan oshmagan hamda 6 oy davomida sotilmagan mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektlarini 2 yil ichida yangi loyihani ishga tushirish va ish o‘rinlari yaratish sharti bilan tadbirkorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri 10 yil muddatga ijaraga berish hamda davlat mulki uchun 4 yil davomida uzluksiz ijara to‘lovlarini amalga oshirgan va ijara shartnomasi shartlarini bajargan tadbirkorga xususiylashtirish yoki baholangan qiymatda to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish vakolati beriladi.
Shuningdek, xalqaro tan olingan xorijiy til va malaka sertifikatlarini olishga o‘qitadigan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar yoki tashkilotlarga dastlabki birinchi yili ijara to‘lovi undirmasdan 5 yil muddatga keyinchalik uning muddatini uzaytirish sharti bilan ijaraga berishi mumkin.
Aholi bandligini ta’minlash jarayonlari onlayn nazoratga olinadi
Prezident qarori bilan aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash dasturi hamda maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlangan. Hujjat bilan 1 martdan boshlab aholini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash jarayonlari raqamli nazoratga olinadi.
Harbiy xizmatchilarga ijarada turgani uchun to‘lanadigan kompensatsiya oshiriladi
2025 yil 1 martdan yil yakunigacha Qurolli Kuchlarning kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar doirasida turarjoy bilan ta’minlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lovlari belgilandi.
Prezidentning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi:
Shuningdek, Qurolli Kuchlarning kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar doirasida turarjoy bilan ta’minlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun:
Bundan tashqari, oila a’zolari 3 kishi va undan ortiq bo‘lgan taqdirda harbiy xizmatchilarning ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi.
Sud nizolari taraflar kelishuvi bilan tugatilganda bojlar kamaytiriladi
Nizolar hal qilinishini yengillishtirish maqsadida sudda ish yuritish taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatilganda, aholi va tadbirkorlarga davlat bojining bir qismi qaytarib beriladi. Bu birinchi instansiya sudi uchun 70 foizni, apellyatsiya va kassatsiyada esa 30 foizni tashkil etadi.
Ayrim fuqarolarga farzandlarining bog‘cha xarajatlari uchun moddiy yordam beriladi
Yolg‘iz ona yoki otaga bir nafar farzandi uchun bolalari 3 yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanishga BHM (375 ming so‘m)ning 1,5 baravari ya’ni 562 ming so‘mgacha miqdorda moddiy yordam beriladi. Bunda mablag‘lar egizaklarning har biri uchun taqdim etiladi.
Pensiyalar hech qanday hujjatlarsiz avtomatik tayinlanadi
60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga yoshga doir pensiyani ularning murojaatisiz bir kunda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.
Bunda fuqaroning ish staji, ish haqi (to‘langan ijtimoiy soliq summasi) va oila tarkibi (turmush o‘rtog‘i va farzandlari) kabi ma’lumotlari vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olinadi.
Amalda fuqarolar pensiya yoshiga yetgach, pensiya tayinlashni so‘rab Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga, Davlat xizmatlari markaziga va Yagona portali orqali murojaat qilishlari kerak. Yangi tartib bilan esa qo‘shimcha hujjatlar yig‘ish hamda jamg‘armaning hududiy bo‘limiga murojaat qilish talab etilmaydi.
Shuningdek, fuqaro pensiya yoshiga yetib, mehnat faoliyatini davom ettirish istagini bildirsa, proaktiv shaklda tayinlanadigan yoshga doir pensiyani rad qilish tartibini ham joriy etish belgilanmoqda.
Ekologik stiker berish boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida qayd etilishicha, “Ekologik transport” tizimini joriy qilish 1 martdan boshlab bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
2025 yil 1 martdan boshlab respublikaning barcha hududlarida transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini aniqlash va natijalari bo‘yicha ekologik stikerlar berish mazkur xizmatlar uchun alohida to‘lov undirilmasdan transport vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarida ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish jarayonida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
“Ekologik transport” tizimi birinchi bosqichda (2025 – 2026 yillarda) Toshkent shahrida, ikkinchi bosqichda (2026 – 2028 yillarda) Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda zaruratga ko‘ra, alohida ekologik zonalarda (sayyohlik markazi, tabiat qo‘riqxonasi, sog‘lomlashtirish hamda dam olish maskanlari va boshqalar), shuningdek, uchinchi bosqichda (2028 – 2030 yillarda) boshqa barcha hududlarda joriy etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30102 | Инструменты