Huawei 1
Isroilga jo‘nataman deb salkam 75 ming dollar olgan shaxs qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqaro J.R. tanishlari I.K. va U.Sh. bilan “J.I.” MChJni tashkil etib, fuqarolarni Isroil davlatiga ishlash uchun yuborishlarini reklama qilib, 2024 yilning sentyabr oyida 16 nafar fuqaroni aldab, ularni Isroil davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 74 550 AQSh dollari va 22,5 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Yana bir holat, Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.T. fuqarolar X.U. va D.N.ning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida 44 000 AQSh dollari evaziga Kanada davlatiga ishga yuborishi va viza olib berishini aytib, shundan 8 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30101 | Инструменты