Huawei 1
O‘zbekiston sayyohlarni himoya qilish xalqaro kodeksiga qo‘shildi

Joriy yilning 24 fevral kuni O‘zbekiston Butunjahon sayyohlik tashkilotining Sayyohlarni himoya qilish xalqaro kodeksiga rasman qo‘shildi.

Bu bilan mamlakat turizm sohasidagi xalqaro standartlarga va sayohatchilar huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. Ushbu qaror so‘nggi yillarda barqaror o‘sish ko‘rsatayotgan va jahon miqyosida tan olinayotgan mamlakatimiz turizm sohasini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri taʼkidlaganidek: “Sayyohlarni himoya qilish xalqaro kodeksi COVID-19 pandemiyasidan so‘ng sayohatlarga bo‘lgan ishonchni qayta tiklashga qaratilgan uyg‘unlashtirilgan tizimdir. O‘zbekiston ushbu Kodeksga amal qilish orqali barcha sayyohlar uchun yana-da xavfsiz va ishonchli sayohat muhitini yaratishni maqsad qilgan”.

BMT Turizm tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan Sayyohlarni himoya qilish xalqaro kodeksi sayyohlarning xavfsizligi, huquq va manfaatlarini ta’minlashga, shuningdek turizmning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan tamoyillar va tavsiyalar majmuasidir.

Ushbu hujjatga qo‘shilish orqali O‘zbekiston mehmondo‘stlik sohasidagi ilg‘or tajribalarni joriy etishga va chet ellik mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratishga tayyorligini tasdiqlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30101 | Инструменты