Huawei 1
21-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ro'yxati va ularning ulushi e'lon qilindi

Statistika agentligi yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar va ularning ulushini e'lon qildi.

Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka sud hukmi o'qildi

20-sentyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi ushbu erkak  X.A.ni Jinoyat kodeksi 119-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, 18 yilga ozodlikdanmahrum qildi.

O'zbekistonda kam ta'minlangan oilalarga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

Ayni paytgacha 84 714 nafar iste'molchiga 3 mlrd 652 mln so‘mdan ortiq ijtimoiy keshbek to‘lab berildi.

2026-yilgacha 21 mingdan ortiq qonunchilik hujjati korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi

Qonunchilik bazasini yanada ixchamlashtirish va aniq sohalar kesimida tizimlashtirish maqsadida 57 sohada 10 mingga yaqin qonunchilik hujjati tizimlashtiriladi.

Toshkentdagi 22 ta avtobus yo'nalishida xizmatlar brutto-shartnoma asosida amalga oshiriladi

2023-yilning sentabr oyidan boshlab, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 26, 91, 96, 109, 123, 199, 1, 3, 15, 33, 35, 42, 127, 157, 158, 34, 56, 105, 134, 135, 150 va 117-sonli avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida amalga oshirila boshlangani ma’lum qilindi.

O'zbekistonda elektr taqsimlash tizimini raqamlashtirish uchun 275 mln dollar qarz jalb qilinadi

O‘zbekiston bo‘ylab 26 ta elektr taqsimlash podstansiyasini raqamlashtirish uchun 275 mln dollar ajratilishi ko'zda tutilmoqda.

Yangi O'zbekiston bog'i yaqinida daxshatli YTH sodir bo'ldi, uch nafar qurbon, besh nafar jabrlanuvchi bor 

Sodir bo'lgan avtohalokat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga maksimal ball to‘plab, kontrakka o‘qishga kirgan abituriyentlar prezident imtiyozi asosida grantda o‘qiydigan bo'ldi. Bu haqida Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.

O‘zbekistonda fuqarolikka ega bo‘lmaganlar soni ochiqlandi

2023-yil birinchi yarmidagi holatga ko‘ra, O‘zbekistonda 25 ming 413 nafar fuqarolikka ega emas shaxs yashaydi. Bu – Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida eng katta ko‘rsatkich bo‘lib, ayni shaxslarning aksariyati sobiq Sovet ittifoqining sobiq fuqarolari va ularning avlodlari hisoblanadi.

Import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan asbob-uskunalar ro‘yxati kengaytirildi

Nasoslar, minora kranlari, o‘zgaruvchan tok generatorlari, avtomobil-samosval, issiqxona uchun uskuna va jihozlar shular jumlasidandir.

O‘tgan 8 oyda O'zbekiston bo'ylab 400 dan ortiq fuqarolarda guruhli zaharlanish qayd etilgan

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekovning ta’kidlashicha joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida 39 ta holatda guruhli zaharlanish qayd etilib, ularda 414 nafar fuqarolar jabrlangan, jabrlanganlarning 86 nafari bolalardir.

Toshkent metrosida Face ID orqali to‘lov qilish sinovdan o‘tkazilmoqda

Bu yo‘lovchilarga kontaktsiz to‘lov qilish imkonini beradi. To‘lov qilish uchun shunchaki turniketdagi kameraga qarashning o‘zi kifoya.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11210 | Инструменты