"Eng katta maktab, eng katta tarbiya – tarixning o‘zi" — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida qatnashdi.
Paralimpiya. Para yengil atletikachi Elbek Sultonov — oltin medal sohibi
U o'z faoliyatidagi shaxsiy rekordni o'rnatdi.
O'zbekiston YUNESKOning Madaniy boyliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo'yicha xalqaro tadqiqot markaziga a'zo bo'ldi
O‘zbekiston Madaniy boyliklarni asrash va tiklash xalqaro tadqiqot markazining (IKKROM) 138-a'zosi bo‘ldi.
“Mana, bizning qanday qahramonlarimiz, qanday o‘tyurak pahlavonlarimiz bor! Ularga tahsin va tasannolar bo‘lsin!” — Prezident Paralimpiya sovrindorlari haqida
Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda sportchilar Yangi O‘zbekiston ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotganini taʼkidladi. Mahoratli sportchilarimiz Asila Mirzayorova, Qudratulla Maʼrufxo‘jayev, Elbek Sultonov oltin medallarni, matonatli o‘g‘il-qizlarimiz Ziyodaxon Isoqova, Kubaro Hakimova kumush medallarni, Muslima Odilova, Tolibboy Yo‘ldoshev, Mohigul Xamdamova esa bronza medallarini qo‘lga kiritdilar.
Ozodlikdan mahrum etish joylarida “Ombudsman qutilari” o‘rnatiladi
Jinoyat-ijroiya kodeksida mahkumlarni ombudsmanga murojaatlar qutisi orqali murojaat etish huquqlari belgilanmoqda.
“Xalq nazorati” portali orqali yil boshidan buyon qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
Eng ko‘p murojaatlar Yunusobod tumani, eng kam murojaatlar esa Bektemir tumani aholisidan kelib tushgan.
Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham yo‘l o‘tkazgichlar quriladi
"Prezident poytaxtning Temur Malik ko‘chasidagi yangi yo‘l o‘tkazgichni borib ko‘rarkan, Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham shunday yo‘l o‘tkazgichlar qurishni buyurdi", deya ma’lum qildi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Jamshid Tursunov.
Jizzaxlik gulchi ayol “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” unvonini oldi
Sharofat Noriyeva "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor" faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Prezidentining tegishli farmoni imzolandi.
Maktablarda "Huquqiy sinflar" tashkil etiladi
Maktablarda "Huquqiy sinf" tashkil etish va huquqiy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish orqali yuridik kadrlar tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi.
Kichik biznes bo‘yicha dastur doirasida 4 trln so‘mdan oshiq kredit ajratildi
Ayni paytga qadar barcha tijorat banklari tomonidan 42 211 ta loyihaga kredit ajratish ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi. Ularni amalga oshirish uchun loyihaning umumiy qiymati 4 trln 127 mlrd so‘mlik kredit shartnomalari imzolangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122311 | Инструменты