31-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

“Temurbeklar maktabi”ga endi ayollar ham qabul qilinadi

Qarorga ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi O'zbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

O'zbekistonda ayrim jinoyat protsessi qatnashchilariga haq to'lash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to'lanishi lozim bo'lgan mablag'larni hisoblash va to'lash tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko'ra, jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb e'tirof etilgan shaxs bo'lsa, u bilan birgalikda yoki uning o'rniga ishda ishtirok etishga jalb etilgan qonuniy vakiliga haq to'lab beriladi.

Poytaxtda tirbandliklarni oldini olish uchun qanday ishlar amalga oshiriladi?

Qulay tariflarni qo‘llagan holda qisqa masofali avtobus yo‘nalishlarini joriy etish, elektrichka tizimini takomillashtirish, shaharga kiruvchi transport oqimini kamaytirish — poytaxtda tirbandliklarni oldini olish uchun qanday ishlar amalga oshiriladi?

"Toshkent shahrida avtobuslarni to'liq bepul qilib, avtomobil haydovchilari uchun "tirbandlik to'lov"ini joriy etish kerak" — deputat Doniyor G'aniyevning taklifi jamoatchilik e'tiroziga sabab bo'ldi

"Aslida men bugun poytaxtda qiyinlashib borayotgan harakatlanish, kuzatilayotgan "mega" tirbandliklardan kelib chiqib, shaharning markaziy hududlarida tirbandlikni kamaytirish uchun "tirbandlik to'lov"ini joriy etishni taklif etgandim", - deydi u. Ya'ni bunda yo'lovchi avtobuslar bepul qilinib, shaharning markazida harakatlanadigan avtotransportlarga "ekologik zarar"ni kamaytirishga qaratilgan bir to'lov turi joriy qilinadi. Bu jahon tajribasida ham borligi aytib o'tilgan.

"Mojoro boshlangandan beri Isroilda tahsil olayotgan 70 nafar talabalarimiz Vatanga qaytarildi" — Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari

Isroilda 10,5 mingdan ziyod o'zbekistonlik yashaydi. Bularning aksariyati samarqandliklar bo'lib, ulardan 95 foizi keksa yoshdagi shaxslarga xizmat ko'rsatadi. Bu haqda Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2023-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborotini eshitishga bag‘ishlangan majlisda Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bahromjon A'loyev ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, Falastinda qancha O'zbekiston fuqarosi borligi haqida aniq ma'lumot yo'q.

Farg‘onada karta o‘ynagan davlat xizmatchilari 990 ming so'm jarimaga tortildi

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning "Uzreport.news" manbasiga ma'lum qilishicha, karta o‘ynagan davlat xizmatchilari ishi 26-oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudida o'tkazilgan ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.

Suxrob Zayniyev Samarqand SSB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida mehnat qilib kelayotgan edi.

Afg‘onistonda “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning vakolatxonasi ochilishi mumkin

Qobulda o‘tkazilgan uchrashuvlarda "Surxon – Puli-Xumri" elektr uzatish tarmog‘i qurilishi loyihasini amalga oshirish, O‘zbekistonning Qobul va Mozori Sharif shaharlaridagi savdo uylari faoliyatini qayta tiklash va jonlantirish, Afg‘onistonda “O‘zbekiston temir yo‘llari” vakolatxonasini ochish, shuningdek, xalqaro yuk tashish, bojxona nazorati hamda foydali qazilmali konlarni o‘rganish va rivojlantirish istiqbollariga oid boshqa masalalar muhokama qilindi.

9 oyda Toshkent shahrida 539 ta YTH sodir etilib, shularda 566 nafar piyoda turli tan jarohatlari olgan — YHXX

YTHlarning aksariyati piyodalar uchun belgilanmagan joylardan va svetaforning taqiqlangan chirog‘ida o‘tish paytida sodir bo‘lgan.

Harbiy prokuror endi Prezident tomonidan tayinlanadi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Prokuratura to'g'risida”gi qonunga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

Toshkent shahar IIBB JXX YHXB boshlig‘i Rafiqjon Jalilov poytaxt aholisiga murojaat bilan chiqdi

U yo‘l harakati ishtirokchilarini qoidalarga qat’iy rioya etish va hushyorlikka chaqirdi.

"Bu – majburiy mehnat emas" - Toshkent viloyati SSB boshlig‘i tibbiyot xodimlariga hasharga chiqishni buyurgani yuzasidan munosabat berildi

"Bu holatda Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasining boshligʻi Ulugʻbek Abdugʻaniyev oʻzbekona qadriyatlarga hurmat, ona tabiatga eʼtibor nuqtai nazaridan xodimlarni hasharda faol qatnashishga chaqirgan. Bu vaziyatni majburiy mehnat deb talqin qilish oʻrinsiz, deb hisoblaymiz", - deyiladi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati munosabatida.

Xorazmda o'quvchini kaltaklagan o'qituvchi ishdan ketdi

Shuningdek, Bog‘ot tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sarvar Sultonov Mirzaobod tumaniga hokim etib tayinlandi

Sarvar Sultonov shu kunga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

16 ta soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo  va Toshkent viloyatlaridagi ayrim soliq inspeksiyalariga yangi boshliqlar tayinlandi.

"Men Gʻazo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun BMTning Yaqin Sharq agentligiga 1,5 mln dollar ajratish haqida qaror qabul qildim" — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Gʻazo sektori aholisiga yordam ko‘rsatish uchun BMTning Yaqin Sharq agentligiga 1,5 mln dollar ajratish haqida qaror qabul qilganini ma'lum qildi. Davlat rahbari bu qarorini gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan o'tkazgan yig‘ilishida aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты