AOKAda FVV rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aholi va hududlarni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar tahlili haqida ma’lumot berildi.
Vazirlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining 2023-yildagi asosiy faoliyati aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni samarali tashkil etish va amalga oshirish, FVDT boshqaruv organlari hamda kuchlar va vositalarining tayyorgarligini oshirish tadbirlarga qaratildi.
Amalga oshirilgan ishlar hamda profilaktik tadbirlarga qaramasdan 2023-yilning 6 oyi davomida respublikada 40 foiz elektr uskunalaridan noto‘g‘ri foydalanish, 23 foiz olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 14 foiz isitish pechlari va gaz uskunalarini o‘rnatish, ulardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilmasligi, 9 foiz bolalarning olov bilan o‘ynashi oqibatida, 7 foiz chekib uxlab qolish, 5 foiz transport vositalaridan foydalanish va tuzilish qoidalarini buzilishidan, 2 foizi texnologik hodisalardan va texnologik jarayonning buzilishidan hamda boshqa sabablarga ko‘ra yong‘inlar sodir bo‘lgan.
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vazirlik markaziy apparati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 2 ta, Prezident Administrasiyasiga 5 ta, Vazirlar Mahkamasiga 14 ta, vazirlik va idoralarga 143 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 14 ta, hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan esa mahalliy davlat hokimiyati organlariga 5 961 ta, yuqori turuvchi tashkilotlarga 13 346 ta axborotnoma va taqdimnomalar kiritildi.
Shular qatorida, aprel-may oylarida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va Fuqaro muhofazasi oyligi” va iyul-avgust oyilarida “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun”” tadbirlari o‘tkazilib, o‘tkazilgan oyliklar davomida keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
Yuqoridagilardan tashqari, yo‘nalish doirasidagi Xuquqiy me’yoriy hujjatlari takomillashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgust, PF-125-sonli “Ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Farmoni hamda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-avgust kuni 332-sonli “Yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong‘in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Qarori qabul qilindi.
2023-yilning ikkinchi yarmida respublikada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish, sodir bo‘lganda ularni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek aholini va rahbarlar tarkibini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash maqsadida FVDTning joriy yil uchun maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:
- aholi, eng avvalo ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan muloqotni kengaytirish, bu borada “mahallabay” va “xonadondbay” ishlash tizimini rivojlantirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish;
- aholi va hududlar xavfsizligiga tahdidlar, tabiiy va texnogen xususiyatli xavf manbalarini hisobga olgan holda, tumanlar va shaharlar miqyosida kuchlar va vositalarni samarali taqsimlash, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatuvchi FVDT xizmatlarining tezkor harakatini muvofiqlashtirish mexanizmini yanda takomillashtirish;
- favqulodda vaziyatlar ro‘y berish xavfini barvaqt aniqlash bo‘yicha monitoring, tahlil va prognoz qilish tizimini yanada kuchaytirish;
- aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash ishlarini tizimli ravishda olib borish;
- favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki bunday vaziyatlar ro‘y berganda aholini o‘z vaqtida xabardor qilish bo‘yicha aloqa va xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimlarini amaliyotga keng joriy qilishni davom ettirish;
- favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini tatbiq etish;
- aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat nazoratini amalga oshirish;
- FVDT va Favqulodda vaziyatlar vazirligi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash bo‘yicha yaratilgan yaxlit tizimini yanada rivojlantirish;
- aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonunchilik hujjatlarni takomillashtirish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111117 | Инструменты