Huawei 1
7-mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev: Inson qadrini ulug‘lash avvalo azizu mukarrama ayollarni ulug‘lashdan boshlanadi

Toshkent shahrida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, ayollarga samimiy mehri va hurmatini izhor etdi.

O‘zbekistonda taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlar eʼlon qilindi

O'zbekiston musulmonlari idorasi 10-mart kuni taroveh namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini eʼlon qildi.

O'zbekistonda 40 nafar rahbar ayollarning yillik reytingi tuzildi

“Yuksalish” harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda boshqaruv tizimidagi rahbar ayollarning TOP-40 reytingini yangiladi.

Turon va Qipchoq metro bekatlari 11-martdan boshlab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi

Bekatlardagi sinov jarayonlari muvaffaqiyatli o‘z yakuniga yetkazildi.

EPAM O‘zbekistonda elektron hukumat bo‘yicha mutaxassislar markazini tashkil etishi mumkin

“EPAM” O‘zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassislar markazini tashkil etishga yordam beradi.

"Matonatli, qatʼiyatli xotin-qizlar koʻpligidan xursandman" - Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida turli jabhalarda yuqori marralarni egallab kelayotgan ayollar bilan ko‘rishdi.

"Tez yordam"ning 5 ta hududiy filialiga “Volkswagen Caddy” avtomashinalari topshirildi

“103” xizmatiga navbatdagi 70 dona A toifali “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirildi.

Samarqanddagi 40,4 ming ko‘cha elektron xaritaga kiritildi

“Geografik obyektlarni nomlash to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarga ko‘ra, geografik obyektlar nomini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida davlat reyestri yuritiladi.

Prezident qarori bilan Qo‘ng‘irot tumanida 500 MVtli shamol elektr stansiyasi quriladi

Shuningdek, “ACWA Power Company” tomonidan Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi hamda elektr uzatish tarmog‘ini qurish investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda ayollar ko‘proq qaysi sohada ishga taklif qilinishi ma'lum bo'ldi

Eng kam taklifnomalar tog‘-kon sanoati, og‘ir mashinasozlik va avtomobilsozlik sohasida qayd etilgan.

55 ming nafar 16 yoshga toʻlgan maktab o'quvchilari pasport (ID karta) olmagani ma'lum bo'ldi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatdi.

O‘zbekistondagi barcha metan zapravkalar faoliyati tiklanmoqda

Kunlar isishi ortidan energetika vazirligi "tabiiy gaz bosimi me’yoriy sxemaga qaytgani munosabati bilan bugundan e’tiboran mamlakatdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ochilishi" haqida xabar berdi.

Bu yil 5 million aholining bandligini ta’minlash, 2 million kishini tadbirkorlikka jalb etish maqsad qilingan

Shavkat Mirziyoyev mahallalarda aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122509 | Инструменты