Huawei 1
8 mingga yaqin o‘zbekistonlik Litvada yashash uchun ruxsatnoma olgani ma’lum bo‘ldi

2023-yilda 7,5 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Litvada (Yevropa Ittifoqi davlati) yashashga ruxsat oldi. Bu haqda Eurostat ma’lumotlariga tayanib Kaktus.media xabar berdi.

Qayd etilishicha, jami 56 mingdan ortiq xorijlik Litvada yashashga ruxsat olgan. 

Ular asosan quyidagi mamlakatlardan kelgan:

- Belarus - 16 174 kishi;

- O‘zbekiston – 7580;

- Qirg‘iziston – 5 086;

- Tojikiston – 4960;

- Hindiston – 3819;

- boshqa mamlakatlardan -18 454.

Shu bilan birga, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalar berishning o‘sish sur’ati bo‘yicha (+79,5%) 2023 yilda Yevropa Ittifoqida Litva birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Xorvatiya (+41,9 foiz) ikkinchi va Ruminiya (+34,9 foiz) uchinchi o‘rinni egalladi.

Chexiya (-18,6%) va Kiprda (-10,9%) vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalar berishda sezilarli pasayish kuzatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122118 | Инструменты